Главная » 2015 » Июль » 17

Yaponiyada kuchli to‘fon oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


  • Admin
  • 17 Июл 2015(17:10)
  • 289
  • 0

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy va markaziy qismlari bo‘ylab o‘tayotgan “Nanka” to‘foni natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, 35 kishiga turli darajadagi shikast yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Halok bo‘lgan erkaklarning ikkalasi ham Xyogo prefekturasidan bo‘lib, ular uyi va dalasini zarar ko‘rishdan himoyalamoqchi bo‘lgan. Tottori prefekturasi bo‘ylab soatiga 15 kilometr tezlikda o‘tayotgan to‘fon o‘zi bilan shiddatli shamol va jalani ham olib keldi.

Vakayama prefekturasidagi Singu shahrida Kumano daryosi qirg‘og‘idan toshib ketdi. To‘fon oqibatida mamlakatning 12 ta prefekturasida 15 ming aholi elektr ta’minotisiz qoldi. To‘qqizta prefekturada 240 ming kishi evakuatsiya haqida buyruq yoki uyini tark etish haqida tavsiya oldi. Temiryo‘l transporti faoliyatida uzilishlar qayd etildi. 160 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi.

 

Теги: Yaponiyada kuchli to‘fon oqibatida

Всего комментариев: 0
avatar