Главная » 2015 » Декабрь » 9

Yaponiyada Pepper uy robotlari yarim yildan buyon 1 daqiqada sotilib ketmoqda


  • News
  • 09 Дек 2015(21:28)
  • 466
  • 0
Yaponiyada shu yil uyinidan ishlab chiqarila boshlagan Pepper universal uy robotlari har oyda bir daqiqadayoq sotilib ketadi.

Yarim yildan buyon har oyda 1000 ta robot sotuvga chiqariladi. Talab yuqori bo‘lgani tufayli uni faqat avvaldan navbatga yozilish orqali xarid qilish mumkin.

Smartfonga ulanganida, turli dasturlar yordamida u yosh bolalar bilan o‘ynashi, zarur ma’lumotni qidirib topishi, rejalashtirilgan ish haqida eslatishi mumkin.

Pepper’ni yaratgan SoftBank yapon uyali aloqa operatori sotuvga chiqariladigan robotlar sonini 1300 tagacha ko‘paytirishga qaror qildi. Qo‘shimcha 300 dona navbatga yozilish yo‘li bilan emas, balki lotereya tamoyili bo‘yicha sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, Pepper’ning bir nusxasi 198 ming iyenaga (1600 dollar atrofida) narxlangan, biroq robotga xizmat ko‘rsatish uchun tuziladigan majburiy shartnoma xaridni birmuncha qimmatlashtiradi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar