Главная » 2015 » Декабрь » 16

Yaponiyalik olim smartfon orqali avtomobil kompyuterini buzib kira oldi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:44)
  • 394
  • 0
Xirosima shahridagi universitet dotsenti Xiroyuki Inoue avtomobil kompyuterini smartfon yordamida “buzish” mumkinligini isbotladi.

Olim masofadan turib oynalarni ochib-yopdi, akseleratorni blokladi va spidometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirdi.

Inoue o‘z tajribasida 2013-yilda chiqarilgan Toyota Corolla Fielder va Wi-Fi adapterdan foydalandi. Shuningdek, olimning o‘zi ishlab chiqqan dastur o‘rnatilgan smartfon va texnik xizmat ko‘rsatuvchi uskunalarni ulash uchun komponent kerak bo‘ldi.

Eksperiment doirasida smartfon orqali “buzilgan” avtomobil joyida harakatsiz turdi, biroq uning spidometrida 180 km/soat ko‘rsatkichi aks etdi. Mashina DDoS-hujum tufayli joyidan jila olmadi — harakat haqidagi ma’lumotlarning katta oqimi uning start olishiga yo‘l qo‘ymadi.

Olim ta’kidlashicha, hozircha yapon avtosi internetga ulanmagan. Biroq mamlakatning bir yo‘la bir nechta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilayotgan haydovchisiz avtomobillarga xakerlik hujumlarini amalga oshirish mumkin.

Теги: Yaponiyalik olim smartfon orqali av

Всего комментариев: 0
avatar