Главная » 2016 » Август » 19

Yelena Isinbayeva Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sportchilarining komissiyasi a’zolaridan biri etib saylandi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:00)
  • 268
  • 0
Langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni rossiyalik Yelena Isinbayeva Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sportchilarining komissiya a’zosi etib saylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Rio–2016 Olimpiadasi davomida XOQ sportchilari komissiyasining to‘rt nafar yangi a’zosi saylanishi kerak edi. Mana shu to‘rt o‘ringa 24 atlet, shu jumladan, olimpiya o‘yinlarining 15 nafar sovrindori da’vogarlik qilgandi. Ovoz berish jarayonida faqatgina Riodagi Olimpiada qatnashchilari ishtirok etishi mumkin edi. Isinbayeva uchun 1 300 dan ortiq ovoz berildi. XOQ sportchilari komissiyasi a’zolarining vakolat muddati — 8 yil. “Olimpiya harakati manfaati uchun ishlayman va Rossiya hamda XOQ o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga harakat qilaman”, – dedi Isinbayeva. 34 yoshli Isinbayeva Afina–2004 va Pekin–2008 Olimpiadasining chempioni hisoblanadi. London–2012 da rossiyalik sportchi bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar