Главная » 2016 » Март » 5

Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilar aniqlandi


  • voydodaxek
  • 05 Мар 2016(17:03)
  • 834
  • 0

Fransiyaning mashhur L’Equipe nashri Yevropa Chempionlar Ligasi/Chempionlar Kubogi tarixidagi eng yaxshi futbolchilarni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net”xabar bermoqda.

Dastlabki ikki o‘ringa “Real” safida to‘p surgan hujumchilar Alfredo Di Stefano va Fransisko Xento loyiq deb topildi. Ular Yevropaning eng nufuzli turnirida mos ravishda besh va olti marotaba g‘olib bo‘lgan. Uchinchi o‘rinni “Milan”ning sobiq himoyachisi Paolo Maldini egalladi. Uning hisobida beshta Chempionlar Ligasi g‘olibligi mavjud.

Kuchli beshlikdan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi (to‘rtta g‘oliblik) va “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu (ikkita g‘oliblik — bittasi “MYu”safida) joy oldi.

Ukraina futbolining yorqin namoyondalaridan biri Andrey Shevchenko 37-o‘rinni egalladi. U Samyuel Eto’o, Kaka, Zinedin Zidan, Marko van Basten, Mishel Platini, Oliver Kan va Luish Figu kabi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.

Всего комментариев: 0
avatar