Главная » 2015 » Сентябрь » 25

Yevropa sudi bosh advokati Facebook ma’lumotlarni AQShga uzatishini noqonuniy harakat deb atadi


  • News
  • 25 Сен 2015(09:33)
  • 313
  • 0
Facebook’ning maxsus xizmatlardan tushgan so‘rovga asosan foydalanuvchilar haqidagi axborotni AQSh ma’muriyatiga topshirishi bilan bog‘liq harakatlari Yevropa qonunchiligiga ziddir. Bunday xulosaga, RBK xabariga ko‘ra, Yevropa sudi bosh advokati kelgan.

Bayonotda qayd etilishicha, yuristning xulosasi yakuniy qaror kuchiga ega emas. Sud mazkur da’voni yil oxiriga qadar ko‘rib chiqishi kerak. BBC News’ning qayd etishicha, bunday holatlarda sudyalar ko‘pincha bosh advokatning fikrini hisobga oladi. Avstriya fuqarosi Maks Shremsning da’vosi bo‘yicha 15 sudya qaror qabul qilishi kerak.

Huquqshunosning fikricha, ijtimoiy tarmoqning bu harakatlari Yevroittifoqning, agar mazkur ma’lumotlarning xavfsizligi ta’minlanishiga kafolat bo‘lmasa, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi mamlakatga berishni taqiqlovchi talablariga zid. Shremsning ta’kidlashicha, yuristning qarori yirik IT-kompaniyalar uchun qimmatga tushishi mumkin.

“AQShning ommaviy kuzatuvida qatnashayotgan va Yevropa Ittifoqida, masalan, bulutli servislar xizmatini ko‘rsatayotgan kompaniyalarning ma’lumot markazlari AQShda joylashgan. Endi ular bunday markazlarni Yevropada qurish uchun sarmoya kiritishni boshlashini inkor etib bo‘lmaydi. Bu Apple, Facebook, Google, Microsoft va Yahoo uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkin”, — deb hisoblaydi Shrems.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar