Главная » 2015 » Ноябрь » 13

“Yil sportchisi” unvoniga nomzodlar ro‘yxatiga Messi va ot ham kiritildi


  • News
  • 13 Ноя 2015(18:11)
  • 423
  • 0
Amerikaning Sports Illustrated jurnali versiyasiga ko‘ra, “Barselona” va Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi “Yil sportchisi” mukofoti nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Messidan tashqari 2015-yilning eng yaxshi sportchisi mukofotiga Useyn Bolt (yengil atletika), Novak Jokovich (tennis), Jordan Spayyet (golf), Tomas Devis (amerikacha futbol), Stiven Karri (basketbol), Serena Uilyams (tennis), Ronda Rauzi (jang san’ati), Simona Baylz (gimnastika) va Karli Lloyd (ayollar futboli) ham da’vogarlik qilmoqda.

Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatiga “Kanzas-Siti Royals” beysbol jamoasi va Amerika Fir’avni laqabli ot ham kiritilgan. G‘olib onlayn-ovoz berish yo‘li orqali aniqlanib, uning natijalari 14-dekabrda e’lon qilinadi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar