Главная » 2015 » Декабрь » 6

Yoqutistonda 34 kishi shirinlik yeb zaharlandi


  • News
  • 06 Дек 2015(20:01)
  • 486
  • 0
Yoqutistonda kremli ​​mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida 34 kishi, shu jumladan, 26 bola zaharlandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va odam tinchligi sohasida nazorat qilish Rossiya Federal xizmatining hududiy boshqarmasi (“Rospotrebnadzor”) xabar qilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan sanitar–epidemiologik tekshiruvi boshlangan.

Barcha bemorlar zaharlanishning sababini “Nariyaana” qandolat sexi tomonidan ishlab chiqarilgan krem mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘lamoqda.

“Rospotrebnadzor” xodimlari laboratoriyada tadqiqot o‘tkazish maqsadida sexdan namunalar oldi. Mahsulotni ishlab chiqarish va tarqatish ishlari to‘xtatib qo‘yilib, shaharning savdo joylaridagi iste’moldan chiqarilayapti. Bundan tashqari, tashkilot ishchilari ham ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Всего комментариев: 0
avatar