Главная » 2016 » Август » 20

Yoshkar-Olada 2 metrli bo‘g‘ma ilon tutib, politsiyaga keltirildi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(15:48)
  • 245
  • 0
Mariy El (Rossiya) poytaxti Yoshkar-Ola ko‘chalaridan birida mahalliy aholi yirik ilon paydo bo‘lgani haqida politsiyaga xabar berdi. Bu haqda respublika IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. Chaqiruvga binoan yetib kelgan politsiyachilar yo‘lkada 1,5—2 metrli to‘rli bo‘g‘ma ilonga duch keldi. Uni tayoq yordamida plastik paketga kiritishga muvaffaq bo‘lindi. Shundan so‘ng jonivor politsiya bo‘limiga olib kelindi va katta qutiga solindi. Hozirda bo‘g‘ma ilon mahalliy hayvonot bog‘iga joylashtirilgan. Politsiya uning egasini qidirmoqda.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar