Главная » 2015 » Декабрь » 16

“Yulduzlar jangi” chiptalar sotuvidan 100 million dollardan ortiq ishladi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:41)
  • 648
  • 0
“Yulduzlar jangi” kinosagasining 7-epizodi chiptalar sotuvidan 100 million dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. Aksariyat muxlislar chiptalarni premyera va birinchi dam olish kunlari namoyishi uchun xarid qildi.

Ekspertlar ushbu fantastik film AQShda 200 million dollardan ortiq mablag‘ bilan start olishini bashorat qilmoqda. Ta’kidlash joizki, filmni ishlab chiqarish uchun ham aynan shuncha mablag‘ sarflangan.

Disney studiyasi vakillari hali ko‘plab kinoteatrlarda bo‘sh o‘rinlar borligini ma’lum qilib, film ishqibozlarini ularni band qilib qo‘yishga undamoqda. Kinozallar sohiblari ham talabga javob berish uchun “Yulduzlar jangi” namoyishlar jadvaliga qo‘shimcha seanslarni kiritmoqda.

“Yulduzlar jangi” filmining yopiq namoyishi 14-dekabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. AQShda kinokartina keng prokatga 18-dekabrdan, Rossiyada esa bir kun oldin, ya’ni 17-dekabr kuni chiqadi.
Всего комментариев: 0
avatar