Главная » 2015 » Декабрь » 18

“Yulduzlar jangi” filmi namoyishi chog‘ida AQShdagi kinoteatr evakuatsiya qilindi


  • News
  • 18 Дек 2015(15:29)
  • 703
  • 0
“Yulduzlar jangi” filmining premyera namoyishi chog‘ida yong‘in trevogasi tufayli Los-Anjelesdagi kinoteatrni yuzlab kishilar tark etishga majbur bo‘ldi.

Hodisa kinoteatr joylashgan Grove savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘ldi. 17-dekabr, payshanba kuni fantastik film namoyishi boshlanganidan 30 daqiqa o‘tib, u to‘xtatib qo‘yildi. Savdo markazi xodimlari ko‘chada to‘planib qolgan odamlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan uylariga tarqalishni tavsiya qildi.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi. Tekshirish chog‘ida yong‘in sirenasi tugmasini kimdir bilmasdan bosib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sal o‘tib, kinoteatr tomoshabinlarga eshiklarini ochdi.

14-dekabr, dushanba kuni Los-Anjelesda “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film AQSh kinoekranlariga rasman 18-dekabr kuni chiqadi.
Всего комментариев: 0
avatar