Главная » 2015 » Декабрь » 27

Yulduzli bayram 2016


  • News
  • 27 Дек 2015(22:56)
  • 2040
  • 0

Mamlakatimiz yulduzlari bayram fotosessiyasi uchun qaysi obrazlarni tanlashganini bilib oling.

Bizning tahririyatimiz, eng mo‘jizali bayramni kutib olayotgan haqiqiy yulduzlar qiyofasi o‘zgarishini kuzatdi. Hamma gap shundaki, kelayotgan bayram to‘g‘risida o‘ylar ekanmiz, har birimizning yodimizga bolalikdagi xotiralarimiz, orzularimiz va istaklarimiz tushadi. Biz ko‘zga ko‘ringan media ijodkorlarga, har biri bolalikda sevimli kitoblari va multfilmlarida tanishgan, ertakdagi hayvonlarning obrazlarini o‘zlarida sinab ko‘rishni taklif etdik.

Bizning fikrimizni eng iliq milliy brend — Kanishka va «I am» rasmiy franshayzing do‘konlari qo‘llab-quvvatlashdi. Ularning yordamida yaratilgan obrazlar, haqiqiy ertaklardagi kabi go‘zallik va shinamlik kasb etdi.

Suratkash — Yekaterina Uskenbayeva
Rusum— Elvira Mushurova, Yekaterina Uskenbayeva

Konsept— Margarita Urmantseva

Liboslar— Kanishka
Аksessuarlar— I am

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №1

Sardor Milano, qo‘shiqchi, «Asosiy sahna» loyihasining g‘olibi, rusumli bo‘ri obrazida:

Bugun tongda men shahrimiz ko‘chalarida mashinada ketayotib, yorqin quyosh nurlaridan bahra oldim va hozir va shu yerda baxtli ekanligimni angladim. Men baxtliman, axir yon-atrofimda, Toshkentda tinchlik va hotirjamlik hukmron. 2015 yil oddiy bo‘lmadi. 2016 yilda esa barcha narsaga mehr, muhabbat, iliqlik va mehribonlik qo‘shilsin!

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №2

Katryn Sky, qo‘shiqchi, yoqimtoy sichqon obrazida:

Go‘zal yurtimizning barcha aholisini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan tabriklayman! 2015 yil oddiy yil bo‘lmadi, ammo juda ham hosildor yil bo‘ldi. Kelayotgan yil ham barchamizga xursandchilik, sog‘-salomatlik, oilaviy baxt, barcha orzularning amalga oshishi va oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatini olib kelsin. Sizning hayotingizda doimo yaxshi voqealar yuz bersin, boshlaringiz uzra esa doimo sokin osmon bo‘lishini tilab qolaman.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №3

Dj Petishka badjahl ayiq obrazida:

Yangi yil — niyatlar qilish vaqti ekan, barchangizga maksimal darajada niyat qilishni tilab qolaman. Barcha ota-onalarga sog‘liq, ishlarda muntazamlikni, yaqinlaringiz uchun ko‘proq vaqt ajratishni va ajoyib ta‘tilni tilab qolaman.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №4

Shadisha, qo‘shiqchi, mag‘rur shimoliy kiyik obrazida:

Mening qalbim hali ham bolaligi sababli, Yangi yildan haqiqiy mo‘jiza kutaman. Yangi yilda qandaydir kutilmagan, g‘aroyib voqea yuz berishini juda ham istayman. 2016 yildagi rejalarimda — o‘tayotgan yildagidan ko‘proq narsalarga erishishni maqsad qilib qo‘yganman. Bu narsani bu gaplarni o‘qiyotgan barchaga ham tilab qolaman. Yangi yilda o‘z fikrlaringiz, maqsadlaringiz va orzularingiz amalga oshishi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘lishini tilab qolaman.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №5

Maksim Pak va Vyacheslav Balayan, «Vyacheslav Yevgenich» dueti, jiddiy pingvinlar obrazida:

Bizning duetimiz planetamizda, mamlakatimizda yashovchi insonlarni va Pixland.uz o‘quvchilarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklaydi. Kelayotgan yil sizga ikki hissa ko‘proq quvonch, yaxshi kayfiyat va omad olib kelsin.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №6

Shahzoda Matjonova, aktrisa, hushchaqchaq olmaxon obrazida:

Yangi yil oldidan barchaga, archa ostidan eng orzu qilgan sovg‘asini topishni tilamoqchiman. Keyingi yil sovg‘alarga boy, mo‘jizalar faqatgina Yangi yil kechasida emas, balki butun yil davomida yuz berishini tilayman. Aziz o‘quvchilar, yangi yilda xursandchilik kunlaringiz yanada ko‘proq bo‘lishini, qalblaringizda yashayotgan shonch va umid sizlarni hech qachon tark etmasligini tilab qolaman.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №7

Narimon Grigoryan, хoreograf, dizayner, sirli boyo‘g‘li obrazida.

Yangi yil — bu barcha narsaning eng yaxshisini topishga ishonchdir. Men hali-hanuz Qorbobo va mo‘jizalarga ishonaman. Mening asosiy orzuim Yangi yilni uyda kutib olish. Axir biz odatda yangi yil kechasi ishlaymiz. Pixland.uz o‘quvchilarining barchasiga, hech narsaga qaramay mo‘jizaga ishonishda davom etishlarini tilayman. Umuman olganda, kelayotgan yil yengil bo‘lishini tilab qo‘laman.

© Yekaterina Uskenbayeva

 
Yulduzli bayram 2016. Фото №8

Lola, qo‘shiqchi, aktrisa, dizayner, ayyor tulkicha obrazida:

Yangi yil— mo‘jizalar amalga oshadigan vaqt. Men barcha bu ajoyib bayramda o‘z mo‘jizasini topishi tilakdoshiman. Men, eng asosiysi — o‘ziga ishonish va sodiq qolish ekanligiga ishonaman. Yangi yilda barcha orzularingiz amalga oshsin! Biz esa Sizlani yangi yil oldi sovg‘asi bilan xursand etamiz! Yangiliklarni kuzatib boring!

© Yekaterina Uskenbayeva

loading...
Всего комментариев: 0
avatar