Главная » 2015 » Ноябрь » 13

Zangi ota haqidagi hujjatli filmda suratga tushayotgan aktyorlarga soqol o‘stirish shart qilib qo‘yildi


  • News
  • 13 Ноя 2015(18:18)
  • 584
  • 0
Rejissor Javohir Qosimov tomonidan Zangi ota haqida hujjatli film suratga olmoqda.

Filmda G‘aybulla Hojiyev Ahmad Yassaviy rolini, Egamberdi Rahimov Zangi ota, Lola Ergasheva Anbar ona, Manuchehr Qalandarzoda Said ota, Fariz Ismoilov Badr ota, Fotih Nasimov esa murid rolini ijro etgan.

Filmda Zangi otaning tarixi, bolaligi, nimalar bilan shug‘ullangani, rafiqasi Anbar ona bilan kechgan hayoti xususida batafsil hikoya qilinadi.

“O‘sha davrni ishonarli ravishda ko‘rsatish maqsadida kinosinovdan o‘tgan aktyorlarning barchasiga: “Soqolingizni o‘stiring, sun’iylikdan qochamiz”, — deb shart qo‘yganman. Kutish jarayoniga esa yarim oy vaqt ketdi”, — deydi film rejissyori.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar