Главная » 2016 » Февраль » 27

Zarina Nizomiddinova hech bir aktrisani o‘ziga raqobatchi deb bilmaydi


  • voydodaxek
  • 27 Фев 2016(17:54)
  • 667
  • 0

Aktrisa Zarina Nizomiddinova hamkasblarining ijodini hurmat qilishini, biroq ularni o‘ziga raqobatchi deb bilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.

“Aktrisalar orasida hech kimni o‘zimga raqobatchi deb bilmasligim chin. Ammo bu mensimaslik emas. Ular men uchun hamkasb. Har birining ijodini hurmat qilaman”, — dedi Zarina Nizomiddinova.

“Rolga tasdiqlashlari uchun o‘zini har ko‘yga soladigan aktrisalarni tushunmayman. Men uchun bu uyat! Mag‘rurligim bor. Men haqimda: ‘Shu rol uchun qancha talashdi-ya…’, deb aytishlarini istamayman”, — dedi aktrisa.

“Odamlarning gap-so‘zi meni cho‘chitmaydi — past ketishni istamayman. Professional rejissor rolda meni ko‘ra oldimi, tamom, fikrini o‘zgartirmaydi. Ikkilanib turganida qarorini o‘zgartirishini to‘g‘ri tushunaman. Ammo tasdiqlab bo‘lgach aktrisa almashtirish — to‘g‘ri ish emas, nazarimda”, — deya qo‘shimcha qildi Nizomiddinova.

Всего комментариев: 0
avatar