Главная » 2016 » Февраль » 12

O'zbeknavo” Lolaga Tamilaning “behayoligini qo‘llab-quvvatlashni qat’iyan man qiladi”


  • News
  • 12 Фев 2016(10:14)
  • 1000
  • 0

zbeknavo” estrada birlashmasi yaqin vaqt ichida xonanda Tamilaning internetda tarqaligan noma’qul videosi yuzasidan katta yig‘ilish o‘tkazadi.

Odil Abduqahhorovning fikricha, san’atkorlarning ma’naviyatini oshirish bo‘yicha maxsus choralar ko‘rish shart.

“Yana bir holat: Instagram’da xonandalar Lola (Yo‘ldosheva) va Aziza Nizomova hamkasbi (Tamila)ning xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlayapti. Bu uyat-ku! Tamilani tartibga chaqirish o‘rniga, aksincha, tarafkashlik qilishyapti”, — deydi “O‘zbeknavo” vakili.

“Yaqin kunlarda shu masala yuzasidan katta yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Unda nafaqat bu ikki xonanda, balki boshqa san’atkorlar ishtiroki ham ko‘zda tutilgan. Ularga bunday behayolikni qo‘llab-quvvatlashni qat’iyan man qilamiz”, — dedi Odil Abduqahhorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tamila ishtirokidagi noma’qul video internetda tarqalib ketgan, shundan so‘ng xonanda Lola Yo‘ldosheva uning tarafini olib, Instagram’dagi sahifasida post qoldirgandi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar