Главная » 2016 » Февраль » 21

Zika virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfi mavjud


  • News
  • 21 Фев 2016(15:54)
  • 547
  • 0
Zika isitmasining endemik hududlardan O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjud.

“Zika isitmasining boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekiston hududiga ham endemik hududlardan kirib kelish xavfi mavjud”, — deydi Saparov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning yashirin davri 3 kundan 12 kungacha davom etadi. Kasallik 70 foiz holatlarda klinik belgilarsiz kechadi.

Kasallik bilan og‘riganda bosh og‘rig‘i, bo‘g‘inlarda, ko‘z chuquri sohasida og‘riq, holsizlik, makulyoz yoki populyoz toshmalar toshishi, tana haroratining ko‘tarilishi, sovqotib qaltirash, kuchli yorug‘likdan bezovta bo‘lish, ba’zi holatlarda ko‘ngil aynishi, qusish, oshqozonda og‘riq kuzatiladi.

Kasallik asosan yengil, o‘rta og‘irlikda kechadi va, shu sababli, bemorlar to‘liq tuzalib ketadi, o‘lim holati deyarli kuzatilmaydi.

“Zika isitmasining maxsus immunoprofilaktikasi ishlab chiqilmagan. Chivin chaqishidan asraydigan kiyimlarni kiyish, repellentlardan foydalanish, eshik-derazalarga to‘rlar o‘rnatish, chivinlarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish kasallikning profilaktikasida muhim o‘rin tutadi”, — deydi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi vakili.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar