Главная » 2015 » Сентябрь » 7

ZTE yechimlari murakkab biznes-masalalarni hal qilish imkonini beradi


  • News
  • 07 Сен 2015(10:02)
  • 480
  • 0
Dunyoning 160 ta mamlakatida o‘z faoliyatini olib borayotgan Xitoyning ZTE korporatsiyasi iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun sifatli mahsulotlar va mukammal yechimlarni taklif qiladi.

Hozirgi paytda korporatsiya telekommunikatsiya, sanoat, quyosh energetikasi, sog‘liqni saqlash, transport tizimi, intellektual ta’lim kabi turli sohalardagi eng zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda.

Xususan, ayni damda ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun 50 dan ortiq yechimlarni taklif qilmoqda. Xitoy kompaniyasi, shuningdek, iste’molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar – telefonlardan tortib smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi.

ZTE kompaniyasining bu yo‘nalishlarda to‘plagan tajribasi va samarali faoliyati butun dunyodagi mijozlarga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish va tarmoqda yetakchiga aylanish imkonini bermoqda.

ZTE tizimlari butun jahon bo‘ylab turli davlat va tijorat muassasalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Shunisi e’tiborliki, Fortune – 500 ro‘yxatiga kirgan yetakchi xalqaro operatorlar va shirkatlar ZTE texnologiyalari va yechimlaridan foydalanadi.

Hukumatlar va xususiy kompaniyalar uchun AKT yechimlarini ishlab chiqish va joriy etish ZTE shirkati faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda kompaniya katta tajribaga ega bo‘lib, 15 yildan ortiq vaqt mobaynida aynan shu masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Telekommunikatsion sektorda korporatsiya butun dunyo bo‘ylab 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya beshinchi avlod texnologiyasi (5G) ustida ishlamoqda va bu borada katta natijalarga erishdi.

Shuningdek, korporatsiya transport sohasi uchun ham samarali yechimlarni taklif qilmoqda. Kompaniya mahsulotlari orasida “aqlli temir yo‘llar”, “aqlli transport tizimi”, jamoat transporti uchun universal elektron kartalar, elektron haydovchilik guvohnomalari kabilarni sanab o‘tish mumkin.

Shuningdek, ZTE ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari uchun ham ilg‘or texnologiyalarni taklif qiladi. “Intellektual maktablar”, “intellektual kollejlar”, “intellektual shifoxonalar” va boshqalar shular jumlasidandir.

ZTE axborot tizimlari, avvalo, oddiy fuqarolarga mo‘ljallanib, ular samarali xizmatlardan foydalana olishiga qaratilgan. Bu texnologiyalar davlat va kompaniyalarga yiliga o‘n millionlab, hatto milliardlab pul mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangi texnologiyalar va yechimlarni ishlab chiqishda kompaniyaga qarashli ilmiy-tadqiqot markazlari (R&D-markazlar) katta o‘rin tutadi. ZTE ilmiy-tadqiqot markazlari 20 yildan ortiq vaqt mobaynida yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadigan texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. Hozirda kompaniya Xitoy, AQSh, Fransiya va Shvetsiyada 18 ta R&D-markazga ega.

ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.

ZTE korporatsiyasi 1985-yili Xitoyning Shenchjen (Shenzhen) shahrida tashkil etilgan, uning bosh qarorgohi hozirgacha aynan shu maskanda joylashgan. 1997-yili kompaniya Shenchjen fond birjasi listingiga kiritildi, 2004-yilning dekabrida esa Gonkong fond birjasida ro‘yxatdan o‘tdi. Shuningdek, ZTE Hang Seng China Enterprises Index indeksi tarkibiga kiritilgan.

Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida ZTE vakolatxonalari va tadqiqot markazlari joylashgan bo‘lib, ularda 10 minglab insonlar mehnat qiladi. Kompaniya 140 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.
Всего комментариев: 0
avatar